Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Foto: Ekologiya vazirligi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bir tup daraxt kesgan shaxs 9 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, nazorat reyd tadbirlaridan birida Paxtachi tumani Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R. mahalla hududidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzar BHMning 25 baravari (8 million 500 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. M.R. jarima bilan birga o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar — 680 ming so‘mni ham to‘laydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilgan bo‘lib, daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat’iyan man etiladi. Bu kabi huquqbuzarliklar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring