Samarqandda binoning 10-qavatida basseyn qurib olganlar jarimaga tortildi
Foto: Samarqand Qurilish va uy-joy kommunal nazorat inspeksiyasi
Samarqandda koʻp qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida oʻzboshimchalik bilan basseyn qurilganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, murojaatlarga asosan Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahar “Sugʻdiyona” mahallasidagi 67-A sonli koʻp qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida oʻzboshimchalik bilan basseyn qurilgani aniqlangan.
“Basseyn koʻp qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan. Seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, seysmik mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 159-moddasiga asosan maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan va majburiy koʻrsatmalar berilgan.
Majburiy koʻrsatmada berilgan vaqt ichida mulkdor holatni oʻz ixtiyori bilan bartaraf qilib, uyni oldingi holatiga qaytarmasa unga nisbatan tegishli hujjatlar toʻplanib, majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritilishi tushuntirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring