Samarqandda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

17:21 11 Aprel 2022 Jamiyat
1405 0

Foto: Халқ сўзи

Kecha, 10-apreldan eʼtiboran Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari start oldi. Sportni rivojlantirish, Xalq taʼlimi vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirning ochilish marosimida yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda Samarqand viloyat hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yosh avlod bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari yaratilgani, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini ular oʻrtasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, festivallar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati katta boʻlayotganini taʼkidladi.

Ayni paytda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Samarqand shahridagi mahallalardan 7-30 yoshdagi yigit-qizlar futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, stritbol kabi sportning 9 turi boʻyicha kuch va mahoratini sinovdan oʻtkazmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida viloyat sportchilari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar, sanʼatkorlar hamda harbiy orkestr ijrochilarining kuy-qoʻshiqlari yanada koʻtarinkilik bagʻishladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?