Samarqandda bank yuristi pora bilan qoʻlga tushdi

Foto: IIV Axborot xizmati
Samarqand viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatdagi banklarning birida boʻlim yuristi lavozimida ishlovchi, oqdaryolik 42 yoshli T.Sh. bank bilan mijozlar oʻrtasidagi muammoli vaziyatlarda ishni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga ulardan katta miqdordagi pul mablagʻlarini olib kelganligi aniqlandi.
Xususan, T.Sh. mahalliy fuqaroning kredit masalalari boʻyicha davlat boji va sud ishini hal qilib berish evaziga 3000 AQSH dollarini pora sifatida talab qilib, oldindan 1050 AQSH dollarini olgan hamda tezkor tadbir chogʻida qolgan 1950 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring