Samarqandda mardikor ayolning kaltaklanishi bilan bogʻliq holatga Oliy Majlis Senati munosabat bildirdi

11:02 30 Iyul 2022 Siyosat
962 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 29-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan Samarqand viloyatidagi ayolning kaltaklanishi bilan bogʻliq holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi oʻrganish olib bordi.

Oʻrganish natijalari koʻrsatganidek, mazkur holat joriy yilning 21-iyul kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Yangiariq - 1 mahallasida sodir boʻlgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda, albatta, tegishli jazo chorasi qoʻllaniladi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu masala yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?