Samarqandda aliment toʻlamagani uchun 5-marta sudlangan ayolga yana jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Illyustrativ foto
Samarqandda aliment toʻlashdan muttasil boʻyin tovlab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Toyloq tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan qarzdor Z.R. tomonidan undiruvchi Z.T.ning foydasiga toʻrt nafar farzandining voyaga yetgunlariga qadar moddiy taʼminoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment pulini toʻlab borishi belgilangan.
Qarzdor Z.R. yaʼni bolalarning onasi muqaddam besh marotaba Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan sudlangan boʻlishiga qaramasdan, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, aliment pullarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan.
Shu sababli, Urgut tuman maʼmuriy sudining qarori bilan Z.R.ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474-moddasi bilan eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shundan soʻng ham fuqaro Z.R. tayinlangan maʼmuriy jazodan oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy taʼminlashdan qasddan muttasil boʻyin tovlab kelgan. Bugungi kunda uning aliment toʻlovlaridagi qarzdorligi 6 million 977 ming soʻmni tashkil etgan.
Ushbu holat yuzasidan Byuroning Urgut tuman boʻlimi tomonidan fuqaro Z.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda 4 nafar farzandiga aliment toʻlashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring