Samarqandda 500 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

16:19 06 Mart 2024 Jamiyat
287 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Z.” MCHJ rahbari N.B. hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 500 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan uskuna va xom-ashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер