Samarqandda 50 ming AQSH dollariga oltin kukuni sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

10:30 09 Avgust 2022 Jamiyat
190 0

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati 

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar ularning ishonchiga kirib, 50 ming AQSH dollari evaziga 11,5 kg. oltin kukunini sotishini va Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganligini maʼlum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida, Samarqand tumani Yangiobod MFYda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 6 nafar shaxslar ariza mualliflariga 11,575 kg. oltin kukunini 50 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?