Samarqandda 30.000 AQSH dollariga yer sotayotgan advokat ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari hamkorligida 20-yanvar kuni noqonuniy yer sotish holati fosh etildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand tumanida yashovchi, nufuzli advokatlik byurosi advokati “A.T.” oʻziga ijara huquqi asosida berilgan Jomboy davlat Oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan 4 gektar yer maydonini mahalliy fuqaro “U.M.”ga 30.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, koʻrsatilgan mablagʻning 15.000 AQSH dollarini oʻz xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda advokat “A.T.”ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring