Samarqandda 3 million soʻmga maktabni bitirganlik toʻgʻrisida soxta guvohnoma olib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

21:19 09 Noyabr 2021 Jamiyat
743 0

Foto: "Xalq so‘zi"

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida Pastdargʻom tumani Juma shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida mazkur tumanda yashovchi S.A. oʻzini Pastdargʻom tumanidagi 11-sonli musiqa va sanʼat maktabi direktori deb tanishtirib, Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasidagi tanishi orqali mazkur musiqa maktabini bitirganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani tayyorlab berish evaziga fuqarodan pora tariqasida 3 mln. soʻm naqd pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ayni paytda fuqaro S.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?