Samarqandda 3-15 yoshdagi 779 nafar oʻgʻil-qizga “Prezident sovgʻasi” berildi

Foto: Xalq so‘zi
Samarqandda “Prezident archasi” tantanalari viloyat markazidagi Alisher Navoiy koʻchasidan boshlandi. Rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan bayram archalari atrofida ertak qahramonlari ishtirokida teatrlashtirilgan tomoshalar, konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Samarqand shahridagi “Sadaf” tantanalar uyida bayram dasturxoni yozilib, oilaviy bolalar uylari, SOS mahallasi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yoʻqotgan oʻgʻil-qizlar, xizmat burchini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari farzandlari taklif qilindi.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov soʻzga chiqib, bolajonlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Bu bolalar doimo davlatimiz himoyasida ekanini taʼkidlab, bayramning asosiy tuhfasi - “Prezident sovgʻasi”ni viloyat tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda tantanali ravishda topshirdi. “Prezident sovgʻasi” viloyatda 3-15 yoshdagi 779 nafar oʻgʻil-qizga berildi.
“Prezident archasi” tadbirlari barcha tuman va shaharlarda yuksak koʻtarinkilikda boʻlib oʻtmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Gazning “oltin davri” tugamoqda — Xalqaro energetika agentligi
- Senat Raisi Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi
- “Zarafshon” gazetasining 110-yilligi hamda “Самаркандский вестник” gazetasining 105-yilligi munosabati bilan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
- Marokashda yuz bergan zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda
- Maʼnaviyat ummonidan sakkizta noyob marvarid
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring