Samarqandda 18 ming dollarga giyohvand modda sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

15:35 23 Avgust 2021 Jamiyat
520 0

Samarqandda IIB xodimlari tomonidan 1 kilogramm 240 ogʻirlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan, Urgut tumani Oʻramas mahallasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Urgut tumani «Mirzabogʻlon-Chep» mahallasida yashovchi 1992-yilda tugʻilgan T.I. ismli ayol 18 ming AQSH dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 ogʻirlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Bundan tashqari, giyohvandlik moddasini qoʻlga olingan shaxsga olib chiqishda yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlandi.

Holat yuzasidan Urgut tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?