Samarqandda 17 kunlik qizini 4 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi

14:46 26 Avgust 2021 Jamiyat
509 0

Samarqand viloyatida farzandini 4 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan ayol ushlandi, deya xabar berdi OʻzA.

Qayd qilinishicha, 24-avgust kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 1997-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan va hozirda Samarqand tumanida vaqtincha yashayotgan fuqaro D.B. oʻzining 17 kunlik qiz farzandini 4 ming dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?