Samarqandda 10 mlrd. soʻmga yaqin moddiy zarar keltirgan shaxs qoʻlga olindi

19:29 15 Yanvar 2024 Jamiyat
189 0

Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda elektron texnologiyalar va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli Э.М. noqonuniy yoʻllar bilan jinoiy boylik orttirish maqsadida oʻziga tegishli boʻlgan “Gold Brand Mebel” MCHJ xoʻjalik hududida noqonuniy “Mayning” fermasini tashkil qilib, shahar elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, 24 dona “BlackMiner L1”, 23 dona “AntMiner L7”, 5 dona “Whatsminer M50” jami 52 ta mayning qurilmalarini shahar elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulab ish faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlanib, jami 52 ta mayning “Mayning-ferma” tashkil qilganligi aniqlangan.

“Mayning-ferma” faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmogʻiga hisoblagichlarsiz oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, 9 milliard 852 million 875.2 ming soʻm juda koʻp miqdorda zarar yetkazganligi aniqlanib mayning qurilmalari hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 192/11-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, E.М.нинг sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192/11-moddasi 2-qismi “a” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер