Samarqanda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi

11:49 23 May 2024 Jamiyat
133 0

Foto: Prokuratura departamenti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.J. va J.S. fuqaro K.B.dan jami 4 000 AQSH dollarini 49 mln soʻmga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.Gʻ. jami 3 100 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер