Samarqand viloyatida yuzdan ortiq qizlar oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli qabul qilindi

09:33 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
214 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyatining 16 ta tuman-shahridan Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga kirish maqsadida 1833 nafar qiz tanlovda ishtirok etdi.

Respublika boʻyicha qishloq joylarda yashayotgan, kam taʼminlangan oilalarga mansub qizlarning oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimida davlat granti asosida oʻqishlari uchun 940 ta oʻrin ajratilgan.

Samarqand viloyati boʻyicha 104 nafar qiz oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilindi.

Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida ularni Oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli qabul qilinganliklari bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi vakillari ishtirok etib, barcha oliy oʻquv yurtiga qabul qilingan qizlarni tabrikladi va ularga viloyat hokimining esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?