Samarqand viloyatida qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi
Samarqand viloyatida qoʻlbola usulda tayyorlangan va qalbaki aksiz markalari bilan belgilab sotilgan alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani boʻlimi va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur holatga chek qoʻyilgan.
Tezkor tadbir davomida “Talibarzui bolo” mahallasida joylashgan “N.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo doʻkonida ishlovchi sotuvchi B.N. tomonidan qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlari sotilgani aniqlandi. Tekshiruv natijasida 24 turdagi, umumiy bahosi 253,6 million soʻmga teng boʻlgan 5 ming 613 dona qalbaki aksiz markali qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash va ularni oʻtkazish) hamda 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolardan qonunbuzarlik holatlarini oldini olish uchun ogohlikni saqlash va shubhali mahsulotlar haqida tegishli idoralarga xabar berishni soʻrashmoqda. Qalbaki alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish inson salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkinligi alohida taʼkidlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring