Samarqand viloyati mahallalariga 10 mingdan ziyod sport anjomlari topshirildi

19:25 26 Yanvar 2024 Jamiyat
334 0

Yoshlarning ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan musobaqalarga qizgʻin hozirlik koʻrishi uchun Samarqand viloyatidagi 1126 ta mahallaga toʻrt turdagi 10 mingdan ziyod sport jihozlarini topshirish marosimi oʻtkazildi.

Unda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirok etib, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning oʻtgan yilgi mavsumlarida samarqandlik yoshlar respublikada peshqadam boʻlganini eʼtirof etdi va yoshlar yetakchilariga Prezident sovgʻasi — sport anjomlarini topshirdi.

1126 ta mahallaga 4504 dona gimnastika gardishi-(obrich) lar, 2252 dona futbol toʻplari, 2252 dona voleybol toʻpi, 2252 dona basketbol toʻpi hamda har bir mahalla yetakchisiga 4 tadan gimnastika gardishi va 6 donadan turli sport turlari uchun koptoklar berildi.

— Bunday eʼtibor yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ular orasida Oʻzbekiston, Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqishiga xizmat qiladi, — deydi Kattaqoʻrgʻon shahridagi Amir Temur mahallasi yoshlar yetakchisi Doston Shukrullayev. — Qolaversa, bizni ham oʻz ustimizda ishlashga, yoshlarni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish va joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida faol ishtirok etishga undaydi.

Tadbirda musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham mahallalardan haqiqiy iqtidor egalari kashf etilishiga tilak bildirildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?