Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi bosh mutaxassisi pora bilan qoʻlga tushdi

Foto: Халқ сўзи
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasining Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi bosh mutaxassisi — 1992-yilda tugʻilgan “J.R.” mahalliy fuqaroga Kattaqoʻrgʻon shahrida qurilayotgan yangi 12 qavatli uylardan 3 xonali xonadonni davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya hisobida sotib olishi uchun uni bazaviy roʻyxatga qoʻshishi va subsidiya ajratib berishi evaziga 1200 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Shuningdek, “J.R”ga nisbatan oʻtkazilgan shaxsiy tintuv vaqtida uning yonidan taxminan 5-10 gr. miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasi, 300 AQSH dollari pul mablagʻi hamda giyohvandlik vositasini isteʼmol qilish uchun moʻljallangan moslama topilgan.
Ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 422 ta Hukumat qarori bekor qilindi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring