Samarqand viloyati hokimligi dam olish kuni majburiy majlis chaqirdi. Vazirlik hokimlikni oqlab chiqdi

17:32 24 Iyul 2021 Jamiyat
544 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident farmoniga koʻra, rasman dam olish kunida Samarqand viloyati hokimligi, mustaqil sud hokimiyati – sudyalarni ham hokimlik ishiga doir masala boʻyicha majburiy majlis chaqirgan” mazmundagi xabar tarqalgan.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasining davlat mehnat inspektori tomonidan holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat vazirligi maʼlumot berdi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, 2021-yil 22-iyul sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli, Samarqand viloyati hokimligining videoselektor yigʻilishi telefonogrammada koʻrsatilgan sanada oʻtkazilmaganligi va kun tartibidagi masala 2021-yil 23-iyul kuni soat 10:00 da muhokama qilinganligi maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?