Samarqand veterinariya meditsinasi institutining maqomi oshiriladi

17:35 16 Fevral 2022 Siyosat
824 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda chorva mahsuldorligini oshirish, naslchilikni yaxshilash, umuman, sohaga ilm va ilgʻor tajribalarni joriy etishda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining roli kuchaytirilishi taʼkidlandi.

Ushbu institut maqomi oshiriladi, unga veterinariya, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tajriba institutlari biriktiriladi.

Institut va uning filiallari:

— barcha paxta, gʻalla va chorvachilik klasterlariga biriktiriladi, ularga amaliy va metodologik koʻmak berib, pullik xizmatlar koʻrsatadi;

— aholi xonadonlarida qoramol, qoʻy, echki, parranda va boshqa chorvani koʻpaytirish, ozuqa ekinlarini ekish, chorva kasalliklarini oldini olish boʻyicha «mahallabay» ishlashni yoʻlga qoʻyib, aholi va fermerlarni qisqa muddatli kurslarda oʻqitadi.

«Chorvanasl» agentligiga har bir tuman kesimida chorvachilikda naslchilikni yaxshilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?