Samarqand va Sirdaryoda oʻqishga kiritish hamda oʻqishni koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.V. boshqa bir fuqaro A.ni tanishlari orqali Qozogʻiston Respublikasidagi universitetlardan biriga toʻgʻridan-toʻgʻri 3-kursiga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirib berishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, D.V. fuqaro M.ni qoʻshni Tojikiston Respublikasidagi universitetga oʻqishga kiritib, Oʻzbekistonga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollari olganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.G. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari orqali Ukraina Respublikasidagi universitetlardan birida oʻqiyotganligi haqida hujjat qilib, oʻqishini Guliston Davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 200 AQSH dollari soʻrab, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring