Samarqand va Buxoroda yer maydonlari olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Samarqand va Buxoro viloyatlarida yer maydonlarini olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoʻshrabot tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir chogʻida fuqaro M.I. tomonidan sodir etilgan qonunbuzarlik holati aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, M.I. fuqaro U.T.ning ishonchiga kirib, Qoʻshrabot tumanidagi “Ota” mahallasi hududida joylashgan davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini goʻyoki oʻzining shaxsiy mulki sifatida tanishtirgan. U ushbu yer maydonini 100 million soʻmga sotishga kelishgan va hujjatlarni keyinchalik rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. M.I. fuqaroning ishonchidan foydalanib, 100 million soʻm pulni firibgarlik yoʻli bilan olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Buxoro shahrida ham shunga oʻxshash holat qayd etildi. Departamentning shahar boʻlimi va IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. tomonidan amalga oshirilgan jinoiy harakatlar fosh etildi. U fuqaro J.R.ga Vobkent tumanidagi “Latif Sobungar” mahallasi hududida 6 nafar fuqaroga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ajratilgan 60 sotix yer maydonini goʻyoki “Sh.Oʻ.” fermer xoʻjaligiga tegishli ekanini aytgan.
Sh.A. ushbu yerni goʻyoki kadastr boʻlimida ishlaydigan tanishlari orqali J.R. nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 90 million soʻm pulni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Har ikki holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring