Samarqand, Urganch va Fargʻonadan Istanbulga uchish kunlari va vaqti oʻzgaradi

09:08 10 Oktyabr 2021 Jamiyat
649 0

“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil noyabridan 2022-yil martiga qadar Samarqand — Istanbul — Samarqand, Urganch — Istanbul — Urganch hamda Fargʻona — Istanbul — Fargʻona yoʻnalishlariga qatnov kunlari va vaqti oʻzgartirilishini maʼlum qildi.

“Qish — 2021” yangi jadvaliga koʻra, Samarqand — Istanbul — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari (haftasiga uch marotaba), Urganch — Istanbul — Urganch yoʻnalishlari boʻyicha seshanba kunlari (haftasiga bir marotaba) va Fargʻona — Istanbul — Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha chorshanba va shanba kunlari (haftasiga ikki marotaba) amalga oshiriladi.

Samarqand — Istanbul — Samarqand

Samarqanddan uchish: 08:40 (Toshkent vaqti bilan);

Istanbulga kelish: 11:40 (Istanbul vaqti bilan);

Istanbuldan ketish: 13:10 (Istanbul vaqti bilan);

Samarqandga kelish: 19:25 (Toshkent vaqti bilan).

Urganch — Istanbul — Urganch

Urganch shahridan joʻnab ketish: 09:30 (Toshkent vaqti bilan);

Istanbulga kelish: 11:50 (Istanbul vaqti bilan);

Istanbuldan ketish: 13:20 (Istanbul vaqti bilan);

Urganch shahriga kelish: 19:05 (Toshkent vaqti bilan).

Fargʻona — Istanbul — Fargʻona

Fargʻona shahridan joʻnab ketish: 08: 45 (Toshkent vaqti bilan);

Istanbulga kelish: 12:25 (Istanbul vaqti bilan);

Istanbuldan ketish: 14:00 (Istanbul vaqti bilan);

Fargʻonaga kelish: 20:50 (Toshkent vaqti bilan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?