Samarqand shahrida yashovchi fuqaro oʻz uyida giyohvand oʻsimligi yetishtirayotgani aniqlandi

09:00 11 Iyun 2021 Jamiyat
119 0

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga koʻra, 2021-yil 2-iyun kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 7-sonli IIB JQG tezkor vakili hamda 7-sonli IIB XPG TP katta profilaktika inspektori tomonidan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Samarqand shahrida yashovchi, 1970-yilda tugʻilgan fuqaro M.X.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, 5 tup «Kannabis» giyohvand oʻsimligi topilib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 270-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?