Samarqand shahrida tunnel qurilishi boshlandi (foto)

Kecha - 7-sentyabr kuni Samarqand shahrining Roʻdakiy va Boʻstonsaroy koʻchalari kesishmasida tunnel qurilishiga start berildi. Mazkur tunnel “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Koʻprikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilishga tamal toshi qoʻyish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari O.Ramatov, viloyat hokimining oʻrinbosari A.Shukurov ishtirok etdi.
Tunnel Roʻdakiy koʻchasi boʻylab oʻtadi. Boʻstonsaroy koʻchasi boʻylab kelgan avtomobil chorrahada doiraviy harakat bilan Roʻdakiy koʻchasiga tushib oladi. Roʻdakiy koʻchasi boʻylab oʻtgan tramvay yoʻli ham tunnel ostidan oʻtadi. Mazkur transport yechimi qurilishi davrida 2-yoʻnalishdagi “Temiryoʻl vokzali — Siyob bozori” tramvayining qatnovi ham vaqtincha toʻxtatilib turadi.
Loyihalarga koʻra, tunnel tipidagi yoʻl oʻtkazgichning umumiy uzunligi 534 metr boʻladi. Tunnel qismining uzunligi 93 metrga yetadi. Boʻstonsaroy koʻchasi boʻylab kengligi 6 metr, balandligi 3 metr boʻlgan piyodalar yer osti oʻtish yoʻlkasi ham qilinadi.
Qurilishda 14750 kub metr yigʻma va monolit temirbeton ishlatiladi. Bunda, 7375 tonna sement, 3130 tonna armatura, 78,5 tonna metall prokat ishlatiladi. Qurilish-montaj ishlarining qiymati 67 milliard 730 million soʻmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring