Samarqand shahrida triatlon boʻyicha bir qator xalqaro musobaqalar yuqori saviyada oʻtkazildi

13:31 12 Iyun 2023 Sport
747 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Musobaqalarning uchinchi kunida triatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati bahslariga start berildi.

Unda 300 nafar ishtirokchi standart va super-sprint masofalarida elita, U-23, 15-17 hamda 16-19 yosh toifasidagi oʻsmirlar oʻrtasida triatlon boʻyicha milliy va yoshlar terma jamoasiga saralash bahslari oʻtkazildi.

Musobaqa natijasiga koʻra, U-23 toifasining elita dasturida erkaklar oʻrtasida toshkentlik triatlonchi Aleksandr Kurishovga teng keladigani topilmadi. Ikkinchi oʻrinni yana bir toshkentlik triatlonchi Yuriy Galushko va uchinchi oʻrinni fargʻonalik sportchi Zohid Adhamov qoʻlga kiritdi. Ayollar bahsida marraga birinchi Alina Hakimova, ikkinchi namanganlik Oydin Ikromova yetib keldi.

U-23 bahsining olimpiya yoʻnalishida qashqadaryolik sportchi Arslon Tursunov gʻolib boʻldi. Ikkinchi boʻlib marraga toshkentlik sportchi Kamron Xodjayev, uchinchi boʻlib Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakili Dilshod Roʻzmetov yetib keldi. Ayollar bahsida Toshkent viloyati vakilasi Muslima Jumaboyeva birinchi, qashqadaryolik sportchi Malika Toshpoʻlatova ikkinchi boʻldi.

15-17 yosh toifasida erkaklar oʻrtasida birinchi oʻrin toshkentlik triatlonchi Igor Igorovga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni andijonlik sportchilar — Azizillo Abdulxodiyev va Muhammadyusuf Abduxalilovlar qoʻlga kiritdi. Ayollar bahsida toshkentlik sportchilar —Diana Bektemirova hamda Dayana Lukiyenko birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan boʻlsa, qashqadaryolik Nadejda Troshina uchinchi oʻrinni band etdi.

16-19 yosh toifasida erkaklar oʻrtasida toshkentlik sportchilar Sulton Aliyev, Abdullajon Qoraboyev va Ikromxon Umarov marra chizigʻini ketma-ketlikda bosib oʻtdi. Ayollar bellashuvida Navoiy viloyati sharafini himoya qilgan Dilnura Xolniyozova birinchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarni qashqadaryolik Elnora Haqnazarova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakilasi Mashhura Yusupboyeva band qildi.

Shuningdek, chempionat davomida havaskor triatlonchilar turli yosh toifasida jamoaviy va yakkalik bahslarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Chempionatning taqdirlash marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Xalqaro triatlon federatsiyasi prezidenti Marisol Kasado, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov ishtirok etib, musobaqa gʻoliblariga diplom, pul mukofoti va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Samarqandda xalqaro musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilganligi eʼtirof etilib, musobaqa tashkilotchilariga minnatdorlik bildirildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev,

(Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер