Samarqand shahrida “IVIREM Remdesevir 100 mg” nomli dori vositasini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi

12:34 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
270 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar X.E. va T.X. pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan “IVIREM Remdesevir 100 mg” nomli dori vositasini har bir donasini 56 AQSH dollaridan hisoblab, jami 200 donasini 11 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?