Samarqand sammiti SHHTning yangi davrini boshlab berdi 

20:47 19 Sentyabr 2022 Siyosat
583 0

Joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda oʻtkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning navbatdagi sammiti koronavirus pandemiyasidan keyin yuzma-yuz muloqot shaklidagi Yevrosiyoning soʻnggi yillardagi eng katta siyosiy forumiga aylandi.

Bugungi jahon hamjamiyatida yuz berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozlar jarayonida mamlakatlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirib, inqirozlarni yumshatish hamda mamlakatlarning taraqqiy etishida Samarqand sammiti muhim ahamiyat kasb etdi. Unda jami 44 ta hujjat — bitim, konsepsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixidagi rekord koʻrsatkichdir. Oʻzbekistonning SHHT raisligi davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi va kambagʻallikni qisqartirish kabi sohalardagi hamkorlikning yangi format va mexanizmlari ishga tushirildi. Iqtisodiyot, sanoat, innovatsiyalar, turizm, sogʻliqni saqlash, xalq diplomatiyasi, gender tengligi va ayollar tadbirkorligini ilgari surish borasidagi dolzarb masalalar boʻyicha forumlar, konferensiyalar va boshqa 80 dan ortiq yirik tadbirlar oʻtkazildi.

Samarqand sammiti biz guvohi boʻlayotgan notinch jarayonlar va xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yoʻli – konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan koʻp tomonlama hamkorlik ekanligini isbotlab berdi.

Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, samarali xalqaro hamkorlik — bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omilidir.

Shu maʼnoda, Samarqand sammitida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslar hamda erishilgan kelishuvlar SHHT makonida butkul yangi davrni boshlab berdi.
Abdulaziz XOʻJAKOV, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?