Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi

Foto: Arxiv surat
Jizzax shahrida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali hamda Jizzax viloyatida eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan viloyat Bolalar diagnostika markazi tashkil etiladi.
Mazkur filialning asosiy vazifalari etib hududda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish kabilar belgilanmoqda.
Shuningdek:
— fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
— xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;
— respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga iqtidorli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filial ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini oshirib borish;
— Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish.
2023/2024 oʻquv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filialida davom ettirishlariga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring