Samarqand Davlat chet tillar institutida 350 oʻrinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

19:26 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
340 0

Foto: Xalq so‘zi

Institutning 2-sonli talabalar turar joyini mukammal taʼmirdan chiqarish uchun 8 milliard 301 million soʻm mablagʻ sarflandi.

350 oʻringa moslashtirilgan mazkur talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida vazir oʻrinbosari talabalar turar joyida yaratilgan imkoniyatlarni kuzatish bilan bir qatorda davlat xususiy sheriklik asosida qurilgan yana bir talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

Institutda bugungi kunda talabalar uchun 2 ta turar joy binolari bunyod etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?