Samarqand aeroportida psixotrop moddalar ushlab qolindi
Oʻzbekiston Respublikasiga psixotrop moddalarni bojxona nazorat postlari orqali olib kirish va olib chiqishga maʼlum bir shartlarda yoʻl qoʻyiladi. Yaʼni ayrim vositalar va moddalarga ruxsat berilsa, baʼzilari taqiqlanadi. Bunday vositalar va moddalar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 330-son qarori bilan tartibga solingan.
“Novosibirsk — Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro “yashil” yoʻlak orqali bojxona nazoratidan oʻtayotganida, uning yuk xaltasi bojxona xodimlari tomonidan koʻzdan kechirildi.
Natijada shaxsning yuk xaltasida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda hech qanday hujjatlari boʻlmagan 30 dona “Fenazepam 1 mg” nomli psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Дунёнинг энг кекса кишиси Ўзбекистонда яшашига ишонасизми? Нега у ҳалигача Гиннеснинг рекордлар китобига киритилмаган?
- Dunyo aholisi qachon 9 milliarddan oshadi?
- Oʻzbekistonda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi
- Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
- 2024-yilda 7 milliondan ortiq “paqilloqlar” va “salyutlar” bojxonada qoʻlga tushirilgan
- Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish uchun order berildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring