“Salon”dan olingan avtoulov nosoz boʻlib chiqdi

12:42 01 Iyun 2022 Jamiyat
264 0

Foto: «Халқ сўзи»

Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi Ismatilla Rustamov “Uzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sifatsiz “Damas” rusumli avtotransport vositasi yetkazib berilganidan norozi boʻlib, viloyat adliya boshqarmasiga murojaat yoʻlladi. Murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro I. Rustamov dilerlik shartnomasi boʻyicha “UzAuto Motors” AJ nomidan qonuniy tijorat vakillikni amalga oshirib kelayotgan Ulugʻbek Bekmirzayev bilan shu yilning 7-yanvar kuni “Damas - D2” rusumli avtotransport vositasi yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma imzolagan. Amaldagi tartibga koʻra, fuqaro tomonidan avtomashina uchun 78 283 000 soʻm toʻlov amalga oshirilgan. Joriy yilning 10-may kuni Namangan shahar Margʻilon koʻchasida joylashgan “Chust-avtotexxizmat N” MCHJ tomonidan xaridorga mashina yetkazib berilgan. Biroq xaridor orziqib kutgan avtoulov texnik jihatdan nosoz ekan.

Oʻrganish natijasi bilan fuqaroga berilgan nosoz transport vositasi “Chustavtotexxizmat N” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan toʻla soz holatdagi yangi “Damas” ga almashtirib berildi.

Foziljon Joʻraboyev, 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?