Salohiyatli kadrlar rezervini shakllantirish uchun 1000 nafar nomzod saralab olindi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni oʻstirish tizimini joriy qilish zarurligi alohida qayd qilingan. Bunda, tuman yoki shahar darajasidagi rahbarlik uchun Salohiyatli kadrlar rezervini shakllantirish belgilangan edi.
Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga binoan, Salohiyatli kadrlar rezerviga nomzodlar mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan tanlab olinishi, ularning rahbarlik koʻnikmalari shakllantirilishga qaratilgan maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etilishi, shu jumladan, kamida bir oy vazirlik va hokimliklarda stajirovka va dublyorlik oʻtashi nazarda tutilgan.
Salohiyatli kadrlar rezervini shakllantirish boʻyicha topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan
1 000 nafari saralab olindi.Ushbu yoʻnalishdagi ishlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Saralab olish jarayoni – faoliyatni oʻrganish, mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilganligi, intellektual salohiyatni aniqlashga qaratilgan test sinovi hamda suhbat kabi bosqichlarni oʻz ichiga oldi. Buning natijasida jami 754 nafar hokim yordamchisi, 196 nafar yoshlar yetakchisi va 50 nafar xotin-qizlar faoli saralab olindi.
Nomzodlarning kompetensiyalarini rivojlantirish, ular orasidan eng munosiblarini yuqori lavozimlarga tavsiya etish maqsadida Agentlik tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, nomzodlarning bir yilga moʻljallangan shaxsiy rivojlanish rejasi ishlab chiqildi. Masofaviy taʼlim platformasi orqali turli sohalar boʻyicha malakasi oshirildi. Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda reja-jadval ishlab chiqilib, ularning stajirovka oʻtashi taʼminlandi.
Stajirovka yakuni boʻyicha nomzodlar stajirovka rahbari tomonidan baholandi. Bunda, nomzodning bilimi, liderlik xislati, mehnatsevarligi, kasbiy professionalizmi, intizomi, masʼuliyati, odobi va muomala madaniyatiga alohida eʼtiborga olinadi.
Joriy yilning 23-martidan boshlab ikki hafta muddatga 388 nafar nomzod Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hududiy filiallari rahbarlariga dublyor sifatida biriktirildi.
Dublyorlik nomzodning “ustoz-shogird” anʼanalari asosida rahbarlik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish va amaliy tajribasini oshirishga xizmat qiladi.
Nomzodlarning maʼlumotlar bazasini toʻliq shakllantirish, ularning reytingini yuritish maqsadida “zaxira.argos.uz” raqamli platformasi ishga tushirildi. Ushbu dastur orqali shaxsiy rivojlanish rejasining bajarilishi, masofaviy malaka oshirish kursi, stajirovka va dublyorlik natijalaridan kelib chiqib, nomzodlarning reyting koʻrsatkichlari shakllantiriladi.
Eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd qilgan nomzodlarni joriy yilda xorijiy malaka oshirish dasturlari va stajirovkaga yuborish hamda rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish rejalashtirilgan.
Oʻtgan davr ichida mehnat faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishgan Salohiyatli kadrlar rezervidagi nomzodlarning 45 nafari turli darajadagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring