Salkam 400 mln. soʻmlik "paqildoq"larning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi

Yangi yil bayrami ham yaqinlashmoqda. Yana oʻsha pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi. Koʻchalarda eshitilishi boshlagan "paqildoq"lar tovushi esa kishi koʻngilini xira qiladi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabariga koʻra, Toshkentda bojxona va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyishdi.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi va Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida, tezkor kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirilishi natijasida, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari mavjud boʻlmagan, umumiy qiymati 281.380.000 soʻmlik 6 turdagi 270 688 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda siz tasvirlarda koʻrib turgan yuk avtotransport vositasi koʻzdan kechirildi.
Natijada esa transport vositasiga ortilgan yuklar orasiga yashirilgan 8 ta qutilarda qonuniy olib kirilganligi va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, qiymati 112.000.000 soʻmlik 133 574 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida qiymati salkam 400 mln. soʻmlik 404 ming 262 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qoʻyildi.
Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring