Sakkiz yildan soʻng sayyoramiz aholisining qariyb yarmi semizlikdan aziyat chekishi mumkin

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 30 yilda dunyoda semiz odamlar soni uch baravar oshgan. Xususan, 5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 340 milliondan ziyod bolalar va oʻsmirlar shu dardga duchor boʻlgan.
2030-yilga borib yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin.
Yevropa va Markaziy Osiyoda yashovchi katta yoshli aholining 60 foizi ortiqcha vazn va semirishdan aziyat chekmoqda.
Har uch boladan biriga shu tashxis qoʻyilgan.
Semizlik oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli Yevropa va Markaziy Osiyoda yiliga 1,2 million kishi hayotdan koʻz yummoqda.
Shu sababli JSST joriy yil may oyidan semizlikni dunyo boʻyicha epidemiya deb eʼlon qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring