Sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni 3 karra koʻpayib, 9 mingtaga yetdi
Koʻp sohalar qatori tibbiyotda ham xususiy sektor jadal rivojlanib bormoqda.
Soʻnggi sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni 3 karra koʻpayib, 9 mingga, ulardagi shifo oʻrinlari esa 57 mingga yetdi.
Prezidentimiz hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan koʻrsatilayotgani, ilgʻor tashabbuslar ham ulardan chiqayotgani quvonarli hol ekanini taʼkidlab, ularning xususiy sheriklikni kengaytirish boʻyicha barcha takliflarini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Xususiy tibbiyot klinikalarida koʻrsatilayotgan xizmat narxlari respublika markazlaridan arzon ekani koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga respublika markazlaridagi xizmat narxlarini adolatliligini koʻrib chiqish, xususiy klinikada xuddi shu xizmatlar arzon va sifatli boʻlsa, tibbiy sugʻurta mablagʻini ularga toʻlab berish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring