Sakkiz haftadan buyon dunyoda COVID-19 dan oʻlim koʻrsatkichlari ortmoqda — JSST rahbari

Foto: Illustrativ surat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus 2022-yilning dekabr oyidan buyon dunyoda koronavirus qurbonlari soni ortib borayotganini maʼlum qildi.
— Qariyb ikki oydirki, COVID-19 oqibatida haftalik oʻlim koʻrsatkichlari muttasil oʻsmoqda, — deydi JSST rahbari. — Bu davrda kasallik Yer yuzi boʻyicha 170 ming nafardan ortiq kishini hayotdan olib ketdi va bu faqat bizga maʼlum raqamlar. Real statistika esa bundan ham yuqori boʻlishi mumkin.
Uning qayd etishicha, ushbu hafta COVID-19 boʻyicha favqulodda qoʻmitaning majlisida koronavirus pandemiyasini bekor qilish yoki uzaytirish masalasi muhokama qilinadi.
— Hozirgi vaziyat bundan uch yil avvalgi epidemiologik holatga nisbatan yaxshiroq boʻlsada, ammo jamoaviy immunitet hali yetarli darajada emas, — deydi T. Gebreyesus. — Koʻp aholi qatlami hanuz buster doza bilan emlanmagan. Bu esa xavotirlanishimiz uchun asosli dalildir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring