Sayyoramizda qancha odam vaksina olgani maʼlum qilindi

18:27 25 Avgust 2021 Dunyo
771 0

Foto: AP

Dunyoda koronavirusga qarshi emlashlar soni 5 mlrd oshdi. Ayni paytda Xitoy 1,96, Hindistonda 0,59 mlrd.dan ortiq vaksina qoʻllanilgan.

Rasmiy statistikalarga koʻra, Malta, Islandiya, Portugaliya, Birlashgan Arab Amirliklari va Seyshel orollarida aholining 75 foizdan ortigʻi hech boʻlmaganda vaksinaning bitta komponenti emlangan.

AQSHda esa aholining 71 foizi yoki 0,36 milliard kishi bitta komponent bilan emlangan. Mamlakat prezidenti Jo Baydenning taʼkidlashicha, bu kamida 100 mingdan ortiq odamlarning hayotini saqlab qolindi deganidir.

Oldinroq, AQSH dunyo mamlakatlariga 110 million dozaga yaqin koronavirusga qarshi vaksinalarni begʻaraz taqdim etgani, shundan 23 million doza Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga berilgani maʼlum qilingan edi.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, emlash tadbirlari samarasi oʻlaroq ayrim mamlakatlarda koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorlashmoqda.

Vaksinatsiya tadbirlari Oʻzbekistonda ham faol olib borilmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, 25-avgustga qadar yurtimizda 1 517 199 nafar odam koronavirusga qarshi toʻliq emlab boʻlingan. Jami qoʻllanilgan vaksinalar soni esa 12 959 828 dozani tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?