Saylovlarning ochiqligi va shaffofligi tamoyillari mustahkamlanmoqda

Senatning oʻn beshinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni ochiq, shaffof va mustaqillik prinsiplari asosida oʻtkazishda xalq hokimiyati va siyosiy plyuralizmning huquqiy asoslarini mustahkamlash va saylov tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash boʻyicha bir qator amaliy choralar koʻrildi.
Maʼlumki, Senatning 12-yalpi majlisida “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonunni maʼqullangan edi va bu xalqaro va milliy ekspertlarning tavsiyalariga koʻra qabul qilinib, xalqaro ham jamiyat tomonidan ham ijobiy baholangan edi.
Amaldagi saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikning tahlillari saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish hamda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berish borasida ayrim muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
YEXHT saylovlari boʻyicha missiyasi tomonidan esa saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish uchun alohida ruxsatnoma talab etilmasligini va nomzodlar ularning oʻtkazish joyi va vaqti haqida tegishli hokimliklarni 3 kun oldin yozma ravishda xabardor qilishi lozimligini belgilash tavsiya etilgan.
YEXHT saylovlari boʻyicha missiyasi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni faqat sud koʻrib chiqishini belgilashni tavsiya qilgan.
Muhokama qilingan Qonun bilan saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlarni nazarda tutgan holda, u bilan milliy ekspertlar tavsiyalari asosida quyidagi oʻzgartishlar kiritilmoqda:
- yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlaridan quyi turuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqishni chiqarib tashlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va oʻn bir – oʻn sakkiz nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuzilishini belgilash;
- saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi koʻrsatilishi haqidagi normani chiqarib tashlash;
- saylovda siyosiy partiya yoki nomzodlarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishda fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya kartasi orqali ham shaxsini tasdiqlashi mumkinligini belgilash;
- saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkazilishi, bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligini belgilash.
Ushbu Qonunni qabul qilish milliy saylov qonunchiligimizni umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida yana-da takomillashtirishga va mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring