Saylovlar ochiq va shaffof tarzda oʻtkazilmoqda

20:56 18 May 2022 Jamiyat
435 0

Foto: Халқ сўзи

Xabaringiz bor, shu kunlarda respublikamiz boʻylab fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi boʻlib oʻtmoqda.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Goʻzalkent” mahalla fuqarolar yigʻinida 4584 nafar aholi yashaydi. Navbatdagi mahalla raisi saylovida 391 nafar, yaʼni saylovchilarning 12 foiz vakillari qatnashdi.

Namunali tarzda tashkil etilgan saylov jarayoni koʻtarinki ruhda davom etdi. Tadbir ishtirokchilarini “Goʻzalkent” mahalla fuqarolar yigʻini raisligiga nomzodlari koʻrsatilgan Himmatjon Atamurodov va Husniddin Xudoyberdiyev oʻzlarining saylovoldi dasturlari bilan tanishtirdi.

Shundan soʻng ovoz berish jarayoni boshlandi. Unda 75 foiz ovoz toʻplagan Husniddin Xudoyberdiyev “Goʻzalkent” mahalla fuqarolar yigʻini raisligiga saylandi.

Ushbu jarayonda Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Narimon Umarov soʻzga chiqib, saylovlar ochiq va shaffof oʻtkazilayotgani, bugungi kunda aholi oʻz hududida saylanadigan munosib nomzodga ovoz berayotganini taʼkidladi.

Oqdaryo tumanidagi “Goʻzalkent” MFYdagi saylov jarayonida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda saylovni tashkil etishga koʻmaklashuvchi respublika va viloyat komissiyalari aʼzolari ishtirok etdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер