Saylovda qatnashish uchun 21 ta xalqaro tashkilotga taklifnoma yuborilgan — MSK doimiy aʼzosi G. Rahimova

16:31 14 Sentyabr 2021 Siyosat
234 0

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun 21 ta xalqaro tashkilotga taklifnomalar yuborilgan.

Bu haqda MSK tomonidan oʻtkazilayotgan navbatdagi majlisda maʼlum qilindi.

“Jumladan, YEXHTning Parlament Assambleyasi va Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasiga, 27 ta xorijiy mamlakatlar saylov organlari va 47 ta davlatdan 223 nafar kuzatuvchilarga taklifnomalar yuborildi” — deydi MSK doimiy aʼzosi G. Rahimova.

Saylov kampaniyasiga start berilgan kundan boshlab bugungi kungacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 12 nafar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosi Saylovlarni kuzatish Missiyasining 12 nafar asosiy guruh vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?