Saylovchilarning murojaatlari joyiga chiqib oʻrganildi

10:03 02 Dekabr 2021 Jamiyat
213 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gʻayrat Abdiyev Urgut tumanida boʻlib, oʻz saylovchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Xalq vakili tumandagi Ispanza mahallasi va 64-maktabda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Unda saylovchilar qonun ijodkorligi yangiliklari, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.

Shuningdek, deputat 64-maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari bilan muloqot qilib, Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan barcha yigʻilganlarni tabrikladi. Uchrashuvdan soʻng deputat “Yashil makon” umummilliy loyihasida ezgu tashabbusni qoʻllab quvvatlab, maktabda manzarali va mevali daraxtlar ekishdi.

Shundan soʻng deputat saylovchilar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlarda fuqarolar fikr-mulohazalarini batafsil eshitib, murojaatni tumanning mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan joyiga chiqib oʻrgandi. Jumladan, Urgut tumanidagi Ispanza mahallasida elektr energiyasi, toza ichimlik suvi, suyultirilgan gaz, yoʻl masalalaridagi murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etiladigan boʻldi. Ushbu masalalar nazoratga olindi.

Shuningdek, xalq vakili 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Ispanza qishlogʻidagi 2 - guruh nogironi Tursunov Asad bobo oilasida boʻldi. Asad bobo sogʻligʻini tiklash uchun order olish toʻgʻrisida murojaat qildi. Deputat viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi orqali bogʻlanib, murojaatning joyida hal etilishda amaliy yordam koʻrsatdi.

Deputat uchrashuvlar davomida joylarda koʻtarilgan masalalarni masʼul tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan holda joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha rejalar ishlab chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?