Saylovchilar roʻyxatiga aniqlik kiritishga oʻz hissangizni qoʻshing — MSK

13:29 09 Sentyabr 2021 Siyosat
207 0

2021-yil 24-oktyabr mamlakatimizda Prezident saylovi boʻlib oʻtadi.

Endilikda fuqarolar saylovda ishtirok etish bilan bir qatorda, saylovchilar roʻyxatiga aniqlik kiritishga ham oʻz hissasini qoʻshishlari mumkin. Bu haqda MSK matbuot xizmati maʼlum qildi.

«Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalida xonadonda roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmagan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni aniqlash imkonini beruvchi maxsus xizmat ishga tushirildi.

Agar siz mazkur xizmatdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, “Yashash joyida yashovchilar roʻyxatini toʻgʻrilatish”  (https://my.gov.uz/uz/service/389) rukniga kiring va joriy kadastr raqami boʻyicha hudud hamda tumanni tanlang.

Doimiy roʻyxatda istiqomat qiluvchilar jadvalida koʻrsatilgan fuqarolarni manzildan oʻchirmoqchi yoki oʻrniga yangi fuqaroni qoʻshmoqchi boʻlsangiz, maʼlumotlarni tahrirlashingiz mumkin.

Taqdim etilgan maʼlumotlar masʼul mutaxassislar tomonidan tekshiriladi va 1 ish kunida toʻgʻrilanadi» deyiladi MSK xabarida.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?