Saylov jarayonlarida tibbiyotchilar alohida oʻrin tutmoqda

12:56 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
147 0

Foto: Халқ сўзи

Yurtimiz hayoti va rivojida juda katta ahamiyatga ega boʻlgan saylov jarayonlari uyushqoqlik bilan davom etishida tibbiyotchilar ham alohida oʻrin tutmoqda.

Xususan, Jizzax viloyatidagi jami 524 ta saylov uchastkasiga bittadan, aholi soni koʻp boʻlgan uchastkalarga qoʻshimcha mobil tibbiy guruhlar biriktirilgan boʻlib, ular saylovga kelayotgan fuqarolarni birma-bir tekshirib, harorati koʻtarilgan yoki kasallikda gumon qilinganlarni alohida xonalarga olish boʻyicha ishlarni olib bormoqda.

- Bizning 438-saylov uchastkamiz magistral yoʻl yoqasida joylashgan, - deydi Gʻallaorol tumani “Istiqbol” OSHP hamshirasi Dilrabo Usmonova. - Doimiy saylovchilar bilan birgalikda yoʻlovchilar orasidan ham elektron saylov tizimidan foydalangan holda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar orqali ovoz berayotganlar kelib turibdi. Biz ularning belgilangan tartib boʻyicha sogʻliklarini tekshiryapmiz.

Ayni vaqtda viloyatning barcha shahar va tumanlari, qishloq va ovullarida ovoz berish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?