Saylov qonunchiligida qanday oʻzgarishlar bor?

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda milliy saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularning mohiyatiga bagʻishlangan huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda inspeksiya markaziy apparati, Toshkent filiali xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Maʼlumki Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2019-yil 11-oktyabr kuni “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Unga muvofiq, joriy yilning 20-oktyabridan 20-noyabriga qadar mamlakatimizda “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni oʻtkazish belgilangan. “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasida ham yuqori darajada oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirda inspeksiya xodimlari huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlab olishga muvaffaq boʻlishdi. Seminarda 2019-yilning 25-iyunidan amaliyotga joriy etilgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazmun mohiyati, milliy saylov qonunchiligimizdagi soʻnggi oʻzgarishlar,ularni amaliyotda qoʻllash tartibi, saylovlar orqali fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi bevosita ishtiroki haqida soʻz yuritildi. Jumladan, oldingi saylovlardan farqli ravishda bu gal saylovchilarning yagona elektron roʻyxati shakllantirilganligi, Deputatlikka nomzodlarga qoʻyilgan talablar, Saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish borasida maʼlumot berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni va unga muvofiq 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi ishlar, mazkur illatni oldini olishda fuqarolarning muhim oʻrni borasida ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Tadbirda “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi va ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Bu kabi huquqiy targʻibot tadbirlar inspeksiyaning hududiy filiallarida davom ettiriladi.
Firdavs Xayriddinov
“Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻining
matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari
boʻyicha maslahatchisi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring