Saylov: xorijiy davlatlardan 785 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan oʻtkazildi

19:01 03 Iyul 2023 Siyosat
502 0

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, Prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda OAV vakillarini akkreditatsiya qilishga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik koʻrish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar boʻyicha koʻrilgan choralar komissiya aʼzolari tomonidan muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Qayd etish joizki, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan barcha murojaatlarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda, oʻz vaqtida javob qaytarilmoqda hamda hech bir murojaat eʼtibordan chetda qoldirilmayapti.

Majlisda Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan YEXHT DIIHB, Butun jahon saylov organlari assotsiatsiyasi, MDH, Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmasi kabi tashkilotlar hamda bir qator xorijiy davlatlardan jami 401 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish natijalariga koʻra, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 35 nafar vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi va bu haqda qaror qabul qilindi.

Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida akkerditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarning umumiy soni 785 nafarni, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 1 292 nafarni tashkil etmoqda.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер