Saylov maʼlum bekat emas — Akmal Saidov

13:11 01 Iyul 2021 Siyosat
1240 0

Avval xabar berganimizdek, Guliston shahrida  “Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Oʻzbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi” mavzusida onlayn va oflayn shaklda xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiya xalqaro sheriklar - Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YEXHT), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) koʻmagida boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlum qilinishicha ushbu anjuman ishtirokchilari  mamlakatimiz va dunyoning 30 yaqin nuqtalarida turib onlayn qatnashmoqda.

Vashington shahridan turib anjumanda qatnashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Spikerining birinchi oʻrinbosari,  Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov kirish soʻzi bilan ochdi. U  Oʻzbekistonning saylov  qonunchiligida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida gapirar ekan, mamlakatimizning saylov tajribasini jahon hamjamiyati bilan oʻrtoqlashish xohishi asosiy maqsadlardan biri dedi.

Akmal Saidov shuningdek,  saylov, bu maʼlum bir bekat emas, balki doimiy harakatdagi, takomillashib boradigan jarayon dedi.

BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska  ushbu Prezident saylovidan oldin oʻtkazilayotgan mazkur  konferensiya ham Oʻzbekistonda 2016-yilda boshlangan islohotlar va yangilanishlarning amaliy namunasi boʻldi deb eʼtirof etdi.

Konferensiyada saylovlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va saylov qonunchiligi rivojlanish tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish, shuningdek, saylov qonunchiligi va amaliyotini yana-da takomillashtirish yuzasidan tajriba va fikr almashinadi. Shuningdek,  Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda saylov meʼyorlarini tizimli va izchil demokratlashtirish va liberallashtirish boʻyicha erishilgan natijalar, shuningdek, jamiyat va davlat hayoti, chinakam demokratiya, adolatli saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilik va ekspertlarni xabardor qilish mazkur anjumanning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro konferensiya ishida parlament, sud tizimi, Markaziy saylov komissiyasi, mamlakatning yetakchi ilmiy-tahliliy markazlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari boʻyicha Byurosi (YEXHT DIIHB, shuningdek, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari qatnashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Parlamentlararo Ittifoq, Rossiya va Markaziy Osiyo boʻyicha tadqiqotlar markazi vakili,  Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari boʻyicha Byurosi (YEXHT DIIHB) hamda Qirgʻiziston Respublikasi Taraqqiyot siyosati instituti, J. Neru universiteti (Hindiston)  vakillari maʼruzalari bilan chiqish qiladilar.

Yakunda Oʻzbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalardan iborat Guliston hujjatini qabul qilish nazarda tutilgan.

Ahmadali SHERNAZAROV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер