Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda

13:01 04 May 2021 Siyosat
320 0

Qizgʻin muhokamalar ruhida oʻtayotgan majlisda bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqyaptilar.

Taʼkidlanganidek, saylov toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikning tahlillari saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish hamda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berish borasida ayrim muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda. Shundan kelib chiqib, tayyorlangan mazkur qonun loyihasi bilan Saylov kodeksining 11 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda oʻtkazish, bunda, ushbu tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligi, saylovchilar partiyani yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyganda maʼlumotnomada identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini kiritish kabi normalar bilan toʻldirildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi bilan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sud tomonidan koʻrib chiqilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi 11-18 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuzilishi taklif etilmoqda.

Xalq vakillarining qayd etishicha, qonun loyihasini qabul qilinishi milliy saylov qonunchiligimizni umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida yana-da takomillashtirishga va mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?