Saylov byulletenini toʻldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi

15:59 14 Iyun 2023 Siyosat
408 0

Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bagʻishlangan majlisida nogironligi boʻlgan shaxslarning saylov huquqlarini taʼminlash, saylovga tayyorgarlik koʻrish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, Prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va OAV vakillarini akkreditatsiya qilishga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Majlisda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari hamda nogironlar nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda nogironligi boʻlgan shaxslarning saylov huquqlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini toʻldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi hamda ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini taʼminlash choralari belgilandi.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasiga joriy yil
6-13-iyun kunlari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar koʻrib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Majlisda xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari ham koʻrib chiqildi. Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan YEXHT DIIHBning saylovni kuzatuvchi missiyasi vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 159 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 42 nafar vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shu bugunga qadar akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 554 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер